AsosiyJamiyat

"Bolalarning MTTga qabulini davom ettirishimiz kerak, shaffoflikni ta`minlamagan rahbarlar lavozimidan ozod etiladi — Agrippina Shin

'"Bolalarning MTTga qabulini davom ettirishimiz kerak, shaffoflikni ta`minlamagan rahbarlar lavozimidan ozod etiladi — Agrippina Shin'ning rasmi

Ayni vaqtda O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vaziri Agrippina Shin rahbarligida respublika xududiy boshqarmalari bilan videokonferensiya tarzida yig`ilish o`tkazilmoqda, deya xabar bermoqda vazirlik Matbuot xizmati.

Vazir yig`ilishdagi nutqini Davlat rahbarining so`zlaridan boshladi,  ya`ni inson manfaatlari yo`lida,  xalqni rozi qilish maqsadida barchamiz ma`sulligimizni ta`kidladi,   biz yosh avlodni  qanchalik to`g`ri tarbiyalab,  ularga kuchli bilim bersak,  u shunchalik barkamol inson bo`lib etishadi.

Bizning bolajonlarimiz 3-Renessans poydevorlaridir,  ular ota bobolari kabi etuk,  komil inson bo`lishlari uchun maktabgacha ta`lim tashkiloti xodimlari ta`lim va tarbiya berishda ma`sulligi alohida e`tirof etildi.

"Eng muhimi ta`lim va tarbiya jarayonlarini sifatli amalga oshirishda, bolalarga yaxshi shart-sharoitlar yaratishda davom etishimiz kerak. Ayniqsa, ularni maktabga tayyorlash borasidagi ishlar ko`lamini yanada jadallashtirish lozim", - dedi vazir.

"Pandemiya vaqtida barchamiz - pedagog kadrlar va tarbiyachi yordamchilari bolalarni sog`ligini o`ylagan holda, o`rnatilgan tartibda qabullarni davom ettirishimiz kerak.  

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, bolalarni qabul jarayoni va taqdim etiladigan hisobotlarda shaffoflikni ta`minlamagan  boshqarma boshliqlarini lavozimidan ozod etish choralari ko`riladi.  

Shuning uchun, yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib, o`z ishimizga sadoqat bilan yondashaylik, shu yo`l bilan ijobiy natijalarga erishamiz" - dedi vazir.

    Boshqa yangiliklar