Hukumatning tegishli qaroriga binoan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Teshabaev To`lqin Zakirovich Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlandi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Babaxodjaev Sarvar Nadjimovich esa Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori lavozimiga o`tkazildi.






