8 oktyabr kuni prezident Sh.Mirziyoev rahbarligida jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta`minlash masalasida videoselektorda so`zga chiqqan Qashqadaryo viloyati hokimi o`rta maxsus bilim yurtlariga qabul kvotalarini oshirishni taklif qilgan.
"Sababi juda ko`pchilik yoshlar oliy o`quv yurtiga kira olmaydi va hujjatlarini o`rta maxsus bilim yurtlariga topshiradi", - dedi Qashqadaryo hokimi.
Shuningdek, "Vatanparvar" tashkiloti imkoniyatidan ham kengroq foydalanish lozim. Barcha tumanlarda ishlarini o`rganish, bo`limlari bo`lmagan tumanlarda ijaraga bepul binolar taqdim etib ochish kerak", - deya ta`kidlagan Z.Mirzaev.
"Qashqadaryo viloyatida yoshlar va ayollar ishlari bo`yicha Qarshi shahri va G`uzor tumani namuna sifatida tanlab olingani aytilmoqda.






