1

LG Flex 3 iPhone o`rnini egallashi mumkin

Hi-tech 05.01.2016, 13:59
LG Flex 3 iPhone o`rnini egallashi mumkin

Uyali aloqa vositalarining bilimdonlari 2016 yilda Apple ga kim raqobatlasha olishini tahmin qilishmoqda. Ushbu yo`nalishdagi savdo “ob-havo” si mazkur ishni  LG kompaniyasining yangi qurilmasi boshlab berishini bashorat qilgan. LG  ning egiluvchan nusxali telefon apparati zamonaviy gadjet qurilmalari ixlosmandlarini chinakamiga mamnun etganidan xabaringiz bor. Aynan shunisi bilan LG qurilmalari o`z o`rnini ushlab qolgandi. Kompaniyaning navbatdagi kashfiyoti esa LG Flex 3 bo`lib, qayta modellashtirilgan ko`rinishdagi bir qancha yangi dasturlar bilan boyitilgan. Xo`sh, bu gal LG  bizni nimalar bilan hayron qoldirmoqchi?  Mutaxassislar, qurilma ekranida o`zgarish yo`qligi, bundan avvalgi nusxalari kabi 6 dyuymlik bo`lishini aytishgan. Ixtironing eng katta yutug`i esa shaklini o`zgarita olishi, ya`ni egiluvchanlikdan tashqari buklanishi ham mumkin.  Shu bilan birga telefonning orqa panel qismi mayda izlarni o`ziga tortib oluvchi taranglashgan xom-ashyodan ishlanadi. Bu esa bexosdan telefonini tushirib yuboruvchilar yoki bilib-bilmay biror erini tirnab oladiganlar uchun ayni muddao.

Ushbu qurilmaning yana bir xususiyati ko`z pardasini tasvirga olishidir. Ushbu tizim qo`l barmoq izini eslab qolish bilan birga amalga oshiriladi. Telefonning asosiy fotokamerasi 17-20 xajmda suratga olsa, to`g`riga yo`naltirilgan kamera 5 Mp ni tashkil etadi. Bu esa tasvirning yanada aniq ishlanishini ta`minlaydi.

Gadjet ixtirochilari yangi qurilmada 3D surat ishlash tizimining o`rnatilishi, suvga chidamli, chang zarralaridan cho`chimaydigan va turli “jarohatlar” ga chap berishi mumkin bo`lgan ixtironi va`da qilishmoqda. Ko`ramiz, gap gapligicha qolib ketmasmikan? Ha, aytgancha qurilma xotirasi 4 Gb bo`lib, prosessor qurilmasi operativ va tezkor ishlash tizimiga o`tkazilishi ham e`lon qilingan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1