AsosiyJamiyat

Pnevmoniyadan o`lim soni ko`payayotganiga izoh berildi

'Pnevmoniyadan o`lim soni ko`payayotganiga izoh berildi'ning rasmi

SSVning Respublika Patologoanatomiya ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Rajabboy Isroilovning ma`lum qilishicha, koronavirus, birinchi navbatda, nafas yo`llariga — burun va tomoq yo`llariga tushib, o`sha joyda joylashgan qoplovchi epiteliyga kirib, ko`payadi va kasallikni boshlab beradi. Shuning uchun ham PZR analizlari uchun burun va tomoqnining chuqur joyidan tahlil olib tekshiriladi. 

" -- Bu virus boshlang`ich davrida burunni kasallantirsa, keyin undan ko`payib, nafas yo`llaridan o`pkaga tushishi mumkin. Lekin biz o`pkadan tashxis ololmaymiz-ku, unaqa usulning o`zi yo`q.

Virus o`pkaga tushgandan keyin pnevmoniya kasalligini qo`zg`atyapti. Bu kasallkining hozirgi kunda ko`payib ketishi, bir tomondan, koronavirusga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan, virus ta`sirida o`pka kasalliklarining avj olishi oqibatida pnevmoniya sabab vafot etganlar soni COVID-19 natijasida hayotdan ko`z yumgan kishilardan ko`payib ketdi. Shuning uchun ham o`pka kasallanganda PZR testidan o`tmaslik oqibatida pnevmoniyadan o`lim soni ko`paydi», dedi professor.

    Boshqa yangiliklar