AsosiyJamiyat

Samarqandda «Epica» avtomobili kanalga tushib ketdi

'Samarqandda «Epica» avtomobili kanalga tushib ketdi'ning rasmi

2020 yil 09 oktyabr kuni soat 09:30 da Narpay tumani Oqtosh shahrida yashovchi E. boshqaruvida bo`lgan “EPIKA” avtotransport vositasi Narpay tumani A.Navoiy MFY hududidan o`tuvchi ichki yo`lda, harakatlanib kelib, boshqaruvini yo`qotishi natijasida ushbu yo`lning chap tomonidan oqib o`tuvchi “Qozoqariq” kanaliga tushib ketib, yo`l-transport hodisasini sodir qilgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

YTH natijasida haydovchi turli tan jaroxatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan, ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Tekshiruvlar natijasida fuqaroning “Epilepsiya” kasalligi borligi ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar