AsosiyDunyo

Shifokor:”Tramp shanbadan boshlab ommaviy tadbirlarda qatnashishni boshlashi mumkin”

'Shifokor:”Tramp shanbadan boshlab ommaviy tadbirlarda qatnashishni boshlashi mumkin”'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp o`tgan haftada koronavirusga chalingan va kasalxonaga yotqizilgandi. U bir necha kun avval kasalxonadan chiqib, prezidentlik faoliyatini davom ettirishni boshlagandi. Shu hafta oxirida Trampning ommaviy tadbirlarga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda tarjumon.uz ma`lum qildi.

“Shanba kuni Trampga koronavirus tashxisi qo`yilganiga 10 kun bo`ladi. Men shifokorlar jamoasining olib borayotgan ishidan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, prezident shanbadan boshlab ommaviy tadbirlarga qatnashishga tayyor bo`ladi” deydi Oq Uyning shifokori Sho`n Konli.

Konlining bergan bayonotiga ko`ra,  Tramp Oq Uyga qaytganidan beri uning sog`ligi barqaror bo`lib kelmoqda va unda koronavirusning kuchayishi alomatlari ko`rinmayapti. Shuningdek, Konli Trampga dorilar “juda yaxshi” ta`sir ko`rsatganini, unda aks ta`sirlar kuzazilmaganini ta`kidlagan.
2 oktyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Trampning koronavirusga chalingani aniqlandi. Shundan keyin ular zudlik bilan kasalxonaga yotqizilishgan.

    Boshqa yangiliklar