AsosiyDunyo

Jeenbekov Orozbek Opumbaevni ishdan oldi, Bishkekda favqulodda holat e`lon qilinib, harbiylar kiritildi

'Jeenbekov Orozbek Opumbaevni ishdan oldi, Bishkekda favqulodda holat e`lon qilinib, harbiylar kiritildi'ning rasmi

Opumbaev Orozbek Naymanovich Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi raisi lavozimidan ozod etildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati, deb yozdi kg.akipress.

Ma`lum qilinishicha, tegishli farmon Konstitusiyaning 64-moddasi 4-qismining 2-bandiga muvofiq Prezident Sooronbay Jeenbekov tomonidan imzolandi.

ShuningdeK, Qirg`iziston Prezidenti Sooronboy Jeenbekov Bishkekda nazorat punktlarini tashkil qilish, to`qnashuvlarni bostirish, tartibni saqlash va tinch aholini himoya qilish maqsadida shaharga harbiylarni kiritishga buyruq berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shuningdek, davlat rahbari mamlakat poytaxtida favqulodda holat e`lon qildi. Favqulodda holat tartibi bugun mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan boshlanadi va 21 oktyabr 8:00 gacha amal qiladi. Izohlanishicha, bu ham fuqarolar hayoti va sog`lig`ini himoya qilish, ular xavfsizligini ta`minlash va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida joriy etilyapti.

Mazkur davrda Bishkekda komendantlik soati va kirish-chiqish bo`yicha maxsus rejim amal qiladi. Sport tadbirlari, namoyishlar va mitinglar o`tkazish, shuningdek, ayrim fuqarolarning yashash joyini tark etishi taqiqlanadi.

    Boshqa yangiliklar