AsosiyJamiyat

Muhokamalarga sabab bo`layotgan isitish davrining har kuniga 1 kv.m. maydon hisobida to`lov qilish bo`yicha yangi tartib yuzasidan tushuntirish berildi

'Muhokamalarga sabab bo`layotgan isitish davrining har kuniga 1 kv.m. maydon hisobida to`lov qilish bo`yicha yangi tartib yuzasidan tushuntirish berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi mavsumdan boshlab har kvadrat metr isitilgan xona uchun kuniga 142 so`mdan to`lov belgilangani muhokamalarga sabab bo`lmoqda. 

Bugun AOKA zalida Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida yangi to`lov tartibi bilan bog`liq masalalar yuzasidan izoh berildi:

 «Ushbu tartib ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, noto`g`ri talqin qilinmoqda. Masalaga oydinlik kiritish yangi tartibning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka tushuntirish uchun quyidagilar ma`lum qilinadi.

 Isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m. isitiladigan maydon hisobida to`lash bo`yicha yangi to`lov tartibi aholi tomonidan berilgan takliflarga asosan joriy etilgan. Oldingi to`lov tartibi bo`yicha iste`molchilar tomonidan doimiy ravishda «issiqlik ta`minoti 4,5-5 oy berilayotgan bo`sa nima uchun 12 oy davomida hisob-kitoblar qilinadi» degan ko`plab e`tirozlar va arizalar bo`lar edi.

Tariflar ko`tarilishi fuqarolarning turmush darajasiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkinligi xaqida tashvishlarga hech qanday asos yo`q, chunki isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydon hisobida to`lash tartibi issiqlik ta`minoti uchun tariflarni oshirilishini nazarda tutmaydi, faqat to`lovlarni amalga oshirish tartibi o`zgartirilmoqda.

Oldingi to`lov tartibi bo`yicha to`lovlar 12 oy davomida hisob-qitob qilingan va isitish kunlari e`tiborga olinmagan. Misol uchun, 2018/2019 yillarda isitish mavsumi 135 kun, 2017/2018 yillarda — 148 kun davom etgan, 2019/2020 yillar karantin sharoitlarini e`tiborga olgan holda — 165 kunni tashkil etdi.

Joriy etilgan yangi tartib bo`yicha to`lovlar faqat isitish mavsumining har bir kuniga hisob-kitob qilinadi. Shunga ko`ra, faqat isitish mavsumi davrida to`lovlar oshgan bo`lsa-da, isitish mavsumi yakunlangandan so`ng to`lovlar amalga oshirilmaydi», - deyiladi vazirlik izohida.

    Boshqa yangiliklar