AsosiyJamiyat

Oynalarni qoraytirishga ruxsat berilgan avtotransport toifalari kengaytirildi

'Oynalarni qoraytirishga ruxsat berilgan avtotransport toifalari kengaytirildi'ning rasmi

Hukumatning tegishli qarori (№635, 09.10.2020y) bilan, oynalarining tusini qoraytirishga ruxsat berilgan avtotransport vositalari ro`yxati kengaytirildi.Bu haqda O`zA xabar qildi.

Jumladan, N1 va N2 toifaga oid yuk tashuvchi avtotransport vositalari uchun ham orqa yon (cheklanmagan) hamda old yon (50%dan kam bo`lmagan) oynalarining tusini qoraytirishga ruxsat berildi.

Ma`lumot uchun:

N1 va N2 toifasi — yuk tashish uchun mo`ljallangan, biri eng katta vazni 3,5 tonnagacha hamda ikkinchisi 12 tonnagacha bo`lgan avtotransport vositalaridir.

Ilgari faqat engil avtomobillarga oynasining tusini qoraytirishga ruxsat etilgan edi.

Shuningdek, ilgari avtobus, mikroavtobus va minivenlarga faqatgina turistik yo`nalishlarda yo`lovchi tashish faoliyatini amalga oshirsagina oynalarini qoraytirishga ruxsat berilgan edi. Bugundan boshlab qanday faoliyatni amalga oshirishidan qat`i nazar, M2, MZ toifaga oid III klass avtotransport vositalarining barchasiga yon oynalarining tusini yorug`lik o`tkazuvchanligi 50%dan kam bo`lmagan darajada qoraytirishga ruxsat berildi.

Ma`lumot uchun:

III klass M2 toifasi — faqat o`tirib ketish uchun mo`ljallangan, yo`lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining o`rindig`idan tashqari o`rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t gacha bo`lgan avtotransport vositalari bo`lsa, M3 toifasi xuddi shuning eng katta vazni 5 t dan ko`p bo`lgan avtotransport vositalaridir.

Boshqa yangiliklar