Chernobil radiasiya-ekologik biosfera qo`riqxonasida kapalaklarning noyob turi aniqlandi. Bu kapalaklarning kattaligi bo`yicha qush bilan solishtirish mumkin. Bu haqda muassasa vakillari Facebook’dagi akkauntlarida ma`lum qilishdi. |
Moviy kapalak (Catocala fraxini) o`zi olimlar oldiga uchib ketdi. Mutaxassislarning fikriga ko`ra, bu Ukraina va Evropada yashovchi kapalaklarning eng yirik turlaridan biridir. Kapalak qanotlarining yozilgandagi uzunligi 110 millimetrga etishi mumkin. Bu turdagi kapalak asosan tunda, nurga qarab uchadi. Qo`riqxonaning ilmiy bo`limi ta`kidlashicha, yomg`ir to`xtashi bilan kapalak o`zining sevimli daraxti – terakka ko`chiriladi. |
09.10.2020 18:04
Chernobilda qush kattaligidagi kapalakning noyob turi aniqlandi






