AsosiyJamiyat

O`zbekistonning 10 ta hududida koronavirusdan kasallanish ko`paydi

'O`zbekistonning 10 ta hududida koronavirusdan kasallanish ko`paydi'ning rasmi

2020 yil 10 oktyabr soat 10:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 60 562 (+112) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda SSV.

Yangi kasallanish holatlarining:  

-3 nafari Toshkent shahrida,  

-21 nafari Toshkent viloyatida,

-5 nafari Xorazm viloyatida,  

-12 nafari Qashqadaryo viloyatida,  

- 7 nafari Surxondaryo viloyatida,  

-7 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,  

-30 nafari Namangan viloyatida,  

-15 nafari Samarqand viloyatida,  

-2 nafari Navoiy viloyatida,

-10 nafari Jizzax viloyatida

koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.  

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 57 330  nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan.  

Hozirda mamlakatimizda 2732 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

 

    Boshqa yangiliklar