Ijtimoiy tarmoqlarda "Yana bir to`y trendi – mashina yo`lini to`sib, raqsga tushish..." "Karantin payti 30 kishidan ham ortqizib to`y qilish u yoqda tursin, serqatnov mashinalar katta yo`lini to`sib qo`yib, yo`lni o`rtasida raqs tushishyapti. Tirbandlik yuzaga keldi" nomli videolavha tarqaldi.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB xodimlari tomonidan zudlik bilan tezkor-profilaktik tekshiruv ishlari olib borildi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Aniqlanishicha, Samarqand shahrining “Bog`i baland” MFYda yashovchi, 1980 yilda tug`ilgan D. 2020 yilning 07 oktyabr kuni yashash manzilida qizining nikoh tuyi marosimini uyushtirgan.
To`y marosimi karantin qoidalariga zid ravishda amalga oshirilib, kuyov navkarlar Samarqand shahar Afrosiyob ko`chasi avtomobil yo`lini to`sib, transport vositalarining harakatlanishiga to`sqinlik qilganlar.
To`y sohiblariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismiga ko`ra ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Hozirda ushbu holatdagi barcha huquqbuzarlarni aniqlab, qonuniy chora ko`rishlik maqsadida, tezkor-profilaktik tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Barcha huquqbuzarlarning shaxsi aniqlanib, qonunlarda belgilangan qat`iy choralar ko`riladi.






