AsosiyDunyo

Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almasbek Atambaevga suiqasd uyushtirildi (video)

'Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almasbek Atambaevga suiqasd uyushtirildi (video)'ning rasmi

Juma kuni tushdan keyin Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almasbek Atambaevga suiqasd uyushtirilib, u o`tirgan mashina o`qqa tutildi. Rossiyaning RIA Novosti axborot agentligining xabar berishicha, Bishkekda bo`lib o`tgan ushbu suiqasdda Atambaev omon qolgan, deb yozmoqda tarjumon. 

Ayni paytda Qirg`izistonda notinchliklar davom etmoqda. Yakshanba kuni bo`lib o`tgan parlament saylovlarining natijasidan norozi bo`lgan xalq ko`chaga chiqib, namoyishlarni boshladi. Seshanbaga kelib namoyishchilar Bishkekdagi hukumat binolariga, jumladan, prezident kabinetigacha bostirib kirishdi. Oxir-oqibatda Markaziy saylov komissiyasi parlament saylovlarining natijasini bekor qilishga majbur bo`ldi.

Mamlakatning amaldagi prezidenti Soranbay Jenbekov juma kunidan boshlab poytaxt Bishkekda favqulodda holat e`lon qildi va harbiylarga tartibsizliklarni bostirishga buyruq berdi. Shuningdek, 9 oktyabr kuni Jenbekov Bosh Vazir va boshqa vazirlarni lavozimidan ozod etdi.
 

    Boshqa yangiliklar