2020/2021 o`quv yiliga xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan o`qishni ko`chirish bo`yicha joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o`tkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar uchun 2020 yil 14-15 oktyabr kunlari onlayn test sinovlari o`tkaziladi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar qildi.
Onlayn test sinovlari o`tkaziladigan vaqt va joy onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun beriladigan “ruxsatnoma”da qayd etiladi.
Joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o`tkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar “ruxsatnoma”larni joriy yilning 11 oktyabr kuni soat 12:00 dan boshlab o`zlarining shaxsiy kabinetlari orqali olishlari mumkin.
Test sinovlarida ishtirok etuvchi fuqarolardan onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan joylarga o`z vaqtida fuqarolik PASPORTI (asli) hamda shaxsiy kabinetiga yuborilgan “RUXSATNOMA” bilan kelishlari talab etiladi.






