“O`zbekkino” Milliy agentligining RASMIY BAYoNOTI Joriy yilning 9 oktyabr kuni “Ozodlik” radiosi va boshqa bir qator ijtimoiy tarmoqlarda “Bosh prokuratura Saida Mirziyoeva taqdim etgan “Mendirman Jaloliddin” filmi yuzasidan jinoyat ishi ochgan” degan sarlavhali maqola e`lon qilingan. Maqolada keltirilgan jinoyat ishiga Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari S.Mirziyoevaning mutlaqo aloqasi yo`q bo`lib, tarqatilgan ma`lumotlar asossiz ekanligini ma`lum qilamiz. Bu haqda “O`zbekkino” MA Axborot xizmati xabar berdi. Agentlikning avvalgi bayonotida so`nggi vaqtlarda shunga o`xshash noto`g`ri talqin qilingan ma`lumotlarni xorijiy va mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ayrim shaxslar tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko`zlab tarqatilayotgani aytilgan edi. Shu bilan birga, Agentlik ma`lum qiladiki, ushbu jinoyat ishi aynan “Mendirman Jaloliddin” filmiga nisbatan ochilgan emas. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Agentlik OAV vakillari, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilaridan ushbu tekshirilmagan axborotni noo`rin talqin qilmaslikni so`raydi. Chunki bu tergov jarayonlariga bosim o`tkazish yoki ta`sir ko`rsatishga urinish, deya baholanishi mumkin.
|
10.10.2020 22:01