Qirg`izistonning yangi tayinlangan bosh vaziri – Sadir Japarov, ehtimol, Qirg`iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishi mumkin, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg`iziston nashri. Japarov matbuot-anjumanida Rossiya Qirg`izistonning bosh strategik sherigi bo`lib qolishini ma`lum qilgan.
Navbatdan tashqari yig`ilishda JK spikeri Miktibek Abdildaev iste`fo bergani ma`lum bo`lgan, uning vazifasini spiker o`rinbosari Mirlan Bakirov bajarishga kirishgan. Japarov yig`ilishda, deputatlar hukumat tarkibi, dasturi va tuzilmasini to`liq tasdiqlashlari bilan iste`foga chiqishga roziligini bayon etganini aytgan. Qonunga muvofiq, prezident iste`fosidan so`ng mamlakat rahbari vazifasini bajaruvchisi funksiyalari bosh vazirga o`tadi. |
10.10.2020 18:10
Qirg`izistonda yangi hukumat rahbari tasdiqlandi. U Jeenbekov o`rnini egallashi mumkin






