AsosiyDunyo

Atambaevning hibsga olingan o`g`illari so`roq qilinib, qo`yib yuborildi

'Atambaevning hibsga olingan o`g`illari so`roq qilinib, qo`yib yuborildi'ning rasmi

▪️Qirg`izistonda sobiq prezident Almazbek Atambaevning o`g`illari Qodir va Seyid Atambaev ham hibsga olindi. Bu haqda Qirg`iziston yangiliklari kanali – “AKIpress” xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, ular respublika Ichki ishlar vazirligi tergov xizmatiga etkazilgan.

Avvalroq, Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaev ommaviy tartibsizliklar uyushtirish faktida gumonlanib hibsga olingan edi.

2017 yilda Atambaev hokimiyatni vorisi va eng yaqin ittifoqchisi Sooronbay Jeenbekovga topshirdi. Ko`p o`tmay, sobiq davlat rahbarining jamoa a`zolariga qarshi jinoiy ishlar ochildi. Atambaev sobiq prezident maqomidan mahrum qilindi va og`ir jinoyatlar sodir etganlikda ayblandi.

    Boshqa yangiliklar