Akademik liseylarda joriy yil 15 oktyabrdan an`anaviy darslar boshlanadi. Bu haqda Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi xabar berdi.
Joriy yil 15 oktyabrdan oliy ta`lim muassasalari tasarrufidagi akademik liseylarda 2020-2021 o`quv yili an`anaviy tarzda boshlanadi.
Bunda SanPiN talablari bajarilgan taqdirda va ota-onalar hamda deputatlardan ijobiy xulosa berilgandan so`ng akademik liseylarda o`quv jarayonini boshlashga tayyorligi haqida hududiy ishchi guruhlarning xulosasi olinadi.
Yangi o`quv yilini an`anaviy tarzda boshlashga tayyor bo`lgan akademik liseylarda o`quv jarayonini boshlash masalasi tuman (shahar) xalq deputatlari kengashi muhokamasidan o`tkaziladi.
Shuningdek, o`quv jarayonlarini boshlash muddati va shaklini belgilash maqsadida ota-onalarning fikrini o`rganish bo`yicha so`rovnomalar o`tkaziladi.
Ta`lim muassasasiga o`quvchilarning an`anaviy tarzda kelib o`qishlari majburiy hisoblanmaydi.
Karantin talablaridan kelib chiqib, ta`lim muassasalarida o`quvchilar turar joylari hamda oshxona/bufetlar faoliyat yuritmaydi.






