Tojikistondagi prezident saylovlari o`z nihoyasiga etdi. Barcha saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 20.00da yopildi. Saylovlardagi ovoz beruvchilar ishtiroki jami 50 foizdan oshganligi sababli saylov "yakunlangan" deb topildi.
Ayni vaqtda ovozlarni hisoblash boshlangan. Bu haqda xalqaro TASS.ru xabar bermoqda.
Saylovlarda kamida 50 foiz ovoz to`plagan nomzod g`alaba qozongan deb topiladi. Bunda saylovlardagi saylovchilar ishtiroki jami saylovchilarning 50 foizidan kam bo`lmasligi belgilab qo`yilgan.
Prezident lavozimi uchun mamlakatda 5 nomzod kurash olib bordi: amaldagi prezident Imomali Rahmon, kommunistlar partiyasidan Miroj Abdulloev, Sosialistik partiyadan Abduhalim G`afforzoda, agrariylardan Rustam Latifzoda va Iqtisodiy islohotlar partiyasidan Rustam Rahmatzoda.
Ma`lum bo`lishicha, saylovlarning dastlabki natijalari 12 oktyabrda, yakuniy natijalari esa 10 kun ichida e`lon qilinadi.






