Shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da Tog`li Qorabog`da o`t ochishni to`xtatish to`g`risidagi bitim kuchga kirdi. Biroq, bir necha soat o`tgach, Armaniston va Ozarbayjon bir-birlarini kelishuvni buzganlikda aybladilar. Bu haqda Uzreport yozmoqda.
Rossiya vositachiligida erishilgan sulh bitimi harbiy harakatlarning to`xtatilishini nazarda tutardi, taraflar harbiy asirlar va jasadlarni almashishlari kerak edi.
Biroq, Moskvada bo`lib o`tgan 10soatlik muzokaralar tugaganidan ko`p o`tmay, Armaniston mudofaa vazirligi Ozarbayjon qurolli kuchlari Syunik viloyati hududiga raketa hujumi uyushtirganini xabar qildi.
Boku esa bu ayblovlarni rad etib, Terter hamda Agdam tumanlari dushman tomonidan o`qqa tutilayotganini aytdi. Erevan ham o`z navbatida barchasini inkor etdi.
Tog`li Qorabog`dagi janglar 27 sentyabr kuni boshlangan edi. Ushbu tortishuvlar va ayovsiz otishmalarda ko`plab xarbiylar va tinch axoli halok bo`ldi.






