1

Shavkat Mirziyoev Emomali Rahmonni ishonchli g`alabasi bilan tabrikladi

Siyosat 12.10.2020, 12:45
Shavkat Mirziyoev Emomali Rahmonni ishonchli g`alabasi bilan tabrikladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston etakchisini kuni kecha bo`lib o`tgan Prezident saylovidagi ishonchli g`alabasi bilan tabriklab, unga birodar tojik halqi farovonligi va ravnaqi yo`lidagi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog`ida O`zbekiston-Tojikiston do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Davlat rahbarlari o`rtasida erishilgan kelishuvlarni o`z vaqtida amalga oshirish, Hukumatlararo komissiya qarorlarini bajarish hamda bo`lajak oliy darajadagi uchrashuvlar uchun yangi kun tartibini ishlab chiqish muhimligi alohida ta`kidlandi.

Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Prezidentlar Qozog`iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va O`zbekiston Respublikasi davlat rahbarlarining Qirg`iz Respublikasidagi vaziyat yuzasidan qo`shma bayonoti qabul qilinganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Muloqot so`ngida mamlakatlarimiz o`rtasidagi uzoq muddatli va keng ko`lamli hamkorlikni rivojlantirishga ikkala tomonning ham intilishi qat`iy ekani ta`kidlandi.

Suhbat har doimgidek samimiy, ochiq va do`stona ruhda o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1