AsosiyJinoyat

Sirdaryoda "gaz puli"ni so`rab kelgan “Tumangaz” xodimi 29 yoshli yigit tomonidan 19 marta pichoqlab o`ldirildi

'Sirdaryoda "gaz puli"ni so`rab kelgan “Tumangaz” xodimi 29 yoshli yigit tomonidan 19 marta pichoqlab o`ldirildi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida “Tumangaz” idorasi xodimi bo`lgan 50 yoshli xodim dahshatli qotillik qurboni bo`ldi. Bu haqda “Jahon.uz” manbalariga asoslanib yozmoqda.  

Xabarga ko`ra voqea 2020 yilning 9 oktyabr kuni taxminan soat 11:00da ro`y bergan. “Tumangaz” idorasining hisoblagichlarni nazorat qiluvchi xodimi Q.Sh.o`z rahbari tomonidan to`lovlarni yig`ish uchun xonadonlarga yuborilgan.

Hech kim yashamaydigan Sirdaryo tumani "Do`stlik" MFYda joylashgan xonadonidagi tabiiy gaz uchun to`lov qilishi kerak bo`lgan 29 yoshli fuqaro F. K. va “Tumangaz” idorasi xodimi o`rtasida o`zaro kelishmovchilik kelib chiqqani aytilmoqda.

O`zaro janjal natijasida esa xonadon egasi “Tumangaz” idorasi xodimi Q.Sh.ni yuragiga uch marta pichoq bilan urib tan jarohat etkazganiga qaramay, yana 16 marta uning tanasining turli joylarini pichoqlab tashlagan.

Oradan deyarli 8-9 soat o`tgandan keyin esa Tuman IIBga borib unga “Tumangaz” idorasi xodimi pichoq bilan tashlangani va unga tan jarohat etkazgani, negadir u o`lib qolgani borasida xabar bergan.

U tomonidan o`z-o`zidan o`lib qolgani aytilgan “Tumangaz” idorasi xodimi Q.Sh.(Navoiy viloyati Nurota tumanida 1970 yilda tug`ilgan, 4 nafar farzandi bor) esa, aslida 19 marta pichoqlab o`ldirilgan.

Holat yuzasidan Sirdaryo tuman prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi tartibida jinoyat ishi ochilgan bo`lib, hozirda qotillikda ayblangan fuqaro F.K (1994 yilda Sirdaryo tumanida tug`ilgan, “Do`stlik” MFY Bodomzor ko`chasida istiqomat qiladi, uylanmagan) noma`lum sabablarga ko`ra, shifoxonada davolanmoqda.

Ehtiyot chorasi sifatida u qamoqqa olingani bo`yicha rasmiy ma`lumotlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar