Iqtidorli yarim himoyachi Alibobo Rahmatullev “Qo`qon-1912” jamoasi bilan mashg`ulotlarda ishtirok etmoqda.
Kuni kecha futbolchi Darakchi.uz'ga bu haqda xabar berdi.
- Chindan ham qo`qonliklarning mashg`ulotlarida ishtirok etyapman. Hozircha bu jamoada qolish yoki qolmasligim aniq emas. Bu mashg`ulotlar davomida oydinlashadi, - deydi Rahmatullaev.
Eslatib o`tamiz, “Qo`qon-1912” jamoasi 21 yanvarga qadar Toshkentda o`quv-yig`in mashg`ulotlarini davom ettiradi.





