1

Korrupsiya illati haqidagi "Dino va Zavr" multseriali yaratilmoqda

Madaniyat 13.10.2020, 12:41
Korrupsiya illati haqidagi "Dino va Zavr" multseriali yaratilmoqda

«O`zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Futurist MG"  studiyasi tomonidan "Dino va Zavr" nomli animasion serial ustida ish boshlandi. Bu haqda “O`zbekkino” MA Axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu multfilmda «korrupsiya» bosh mavzu qilib olingan bo`lib, voqealar rivoji keksa boboning tilidan hikoya qilinadi. Asosiy qahramonlar esa dinozavrlar oilasiga mansub Dino va Zavr ismli personajlar. Qahramonlardan biri Dino animasion serial davomida poraxo`r rolida gavdalanadi. "Dino va Zavr" multserialining har bir qismi kichik tomoshabin uchun ibrat bo`la oladigan yakun bilan tugallanadi.

Multserial 10 qismdan iborat bo`lib, 3-10 yoshli bolalar auditoriyasiga mo`ljallangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1