AsosiySalomatlik

Nega koronavirusga chalingan bolalarda tana harorarti 37,5° bo`lganida uni tushirish uchun dori tavsiya etilmaydi?

'Nega koronavirusga chalingan bolalarda tana harorarti 37,5° bo`lganida uni tushirish uchun dori tavsiya etilmaydi?'ning rasmi

Ushbu savolga CCV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi  Barno Abdusamadova javob berdi. 

— Isitma tananing normal himoya reaksiyasidir. Agar tana haroratida isitmani tushirishga harakat qilinadigan bo`lsa, immun tizimi zaiflashadi.  

Ushbu holatda ko`proq suyuqlik ichirish tavsiya etiladi. Organizmning o`zi ishlab chiqilgan antitayoqchalar yordamida kurashadi. Engil turida bolalarga ko`p va noto`g`ri dorilar berish tavsiya etilmaydi (dorilarni dozalariga ham e`tibor berish kerak).

Dorilarni bunday berish bilan biz o`zimiz bilmagan holda kasallikni engil turidan og`ir turiga o`tkazib qo`yishimiz mumkin. Shuning uchun har qanday vaziyatda shifokor nazoratida bo`lish va shifokor ko`rsatmalariga amal qilish tavsiya etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar