13 oktyabr kuni Anqara polisiyasi Fathulla Gulenga aloqadorlikda gumonlangan 167 kishini hibsga oldi. Bu haqda manbalarga tayanib Tarjumon xabar berdi.
xabarda aytiliicha qo`lga olinganlarning aksariyati armiyada xizmat qilayotgan askarlardir.
Ayni paytda AQShda yashayotgan Fathulla Gulen 2016 yilda amalga oshmay qolgan davlat to`ntarishini tashkillaganlikda ayblanilib keladi. Turkiyada bundan to`rt yil muqaddam yuz bergan ushbu janjallarda 250 ga yaqin odam halok bo`lgandi. Ammo, Gulen o`zining bu ishlarga hech qanday aloqasi yo`qligini ta`kidlaydi.
Muvaffaqiyatsizlikka uchragan davlat to`ntarishidan keyin Turkiyada juda ko`plab odamlar hibsga olindi. Ayni paytda 80 mingdan ortiq odam o`zining sudi bo`lishini kutib hibsda ushlanib turilibdi. Shuningdek, shu kungacha davlat ishchilari, milisiya xodimlari va boshqa kasb egalaridan 150 mingtasi ishdan bo`shatildi. 20 ming kishi Turkiya armiyasidan chetlatildi.
Turkiya hukumatining ushbu harakatlarini inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari va G`arb mamlakatlari tanqid qilib, hukumat bu bilan o`zining muxolifatini engmoqchi ekanini ta`kidlashgan. Lekin, Turkiya hukumati bu ayblovlarni rad etib, mazkur choralar milliy xavfsizlikni saqlab qolish uchun kerakligini aytadi.






