AsosiyJinoyat

Toshkent bozorida qashqadaryolik o`g`ri qiz qo`lga olindi

'Toshkent bozorida qashqadaryolik o`g`ri qiz qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahri "Chorsu" buyum bozorida o`g`irlik sodir etganlikda gumon qilingan 19 yoshli qiz qo`lga olingan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

7 oktyabr kuni Shayxontohur tumani IIO FMBga 53 yoshli Feruza I. ismli fuqaro murojaat qilib, shu kuni taxminan soat 15.30 da “Chorsu” buyum bozoridagi do`konlardan birida bo`lganligini ma`lum qildi. Mol tanlash vaqtida Feruza I. sumkasini rasta ustiga qo`yganda, noma`lum qiz uning pasportini, plastik kartochkasini, 1.300.000 so`m va 10 AQSh dollar pullarini o`g`irlab ketgan. 

Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Ko`rilgan choralar davomida o`g`rilikda gumonlanuvchi qiz – 19 yoshli qashqadaryolik Xotira D. ismli qiz qo`lga olingan. Hozirda tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar