AsosiyJinoyat

Namanganda hokimni nomini sotib er olib berishni va`da qilib aldagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Namanganda hokimni nomini sotib er olib berishni va`da qilib aldagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar berishicha, 2019 yilning dekabr oylarida 48 yoshli A.X., va 23 yoshli B.B., lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo`lib, Namangan shahar, G`alcha MFYda yashovchi S.A.,ning ishonchiga kirib, unga “Namangan tuman hokimi bilan gaplashib, tikuvchilik sexi qurish uchun Namangan tumanida joylashgan “IDEAL” tikuvchilik korxonasi yonidagi dala maydonidan er maydoni ajratib beramiz, har bir sotix er uchun 700 AQSh dollaridan berasiz” - deb aldab, S.A.,ning ishonchini suiiste`mol qilish yo`li bilan juda ko`p miqdoridagi, ya`ni 322.714.400 so`m hisobidagi jami 34 ming AQSh dollarini qo`lga kiritib, S.A.,ga er maydoni olib bermay, firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan pul mablag`larini shaxsiy manfaatlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat bo`yicha 02.10.2020 yilda Namangan shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan A.X., va B.B.,larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar