Toshkent shahrida yashaydigan, lekin doimiy ro`yxatda turmaydigan shaxslar koronavirus alomatlari paydo bo`lganda qaerga murojaat qilishi kerak? Ular ham bepul test topshirishadimi?
Botir Qurbonov, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi:
➖Avvalam bor Kovid infeksiyasiga chalinganlar aniqlansa, ular alohidalanib kasallikning og`irlik darajasiga qarab uy sharoitida yoki stasionar sharoitda davolanishga yuboriladi.
Hududiy Sanepidxizmat xodimlari tomonidan epidemiologik surishtiruv ishlari o`tkazilgandan so`ng bemor bilan muloqotda bo`lganlardan test tahlillari olinadi.






