Germaniyada yadro qurolidan foydalangan holda harbiy harakatlarni amalga oshirish maqsadida yashirin mashqlar o`tkazildi, deb yozadi Bild. RIA Novosti xabariga asosan. Gazetaning yozishicha, “Turg`un peshin” deb nomlangan mashqlar Shimoliy Reyn-Vestfaliyadagi Nyorfenix aviabazasida Germaniya havo kuchlari va NATOdagi ittifoqchilari ishtirokida o`tkazilgan. Manevrlarga yadro qurolini olib yurishga mo`ljallangan qiruvchi-bombardimonchilar jalb qilingan. Maqolada aytilishicha, mashqlarning asosiy maqsadi – Germaniyani atom bombalaridan foydalangan holda mudofaa qilish. Ta`kidlanishicha, hozirgi kunda yadro urushini boshlash xavfi so`nggi o`ttiz yilga qaraganda ancha yuqori degan fikr bildirilgan. Mualliflarning fikriga ko`ra, AQShning O`rta va qisqa masofali raketalarni yo`q qilish to`g`risidagi shartnomadan chiqqanligi – buning asosiy sababi deb ko`rsatilgan. |
15.10.2020 22:52
Germaniya yadroviy urushga tayyorgarlik ko`rmoqda
