2020 yil 15 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 62 371 (+93) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 19 nafari Toshkent shahrida, 63 nafari Toshkent viloyatida, 11 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 164 nafar, Toshkent viloyatida 80 nafar, Qashqadaryo viloyatida 4 nafar, Navoiy viloyatida 5 nafar, Namangan viloyatida 27 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, Andijon viloyatida 13 nafar, Sirdaryo viloyatida 12 nafar, Farg`ona viloyatida 8 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 6 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Xorazm viloyatida 3 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, yurtimizda 59 429 (+334) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil qilmoqda. Hozirda mamlakatimizda 2 424 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`lari ko`rilmoqda. |
15.10.2020 23:14
Bugun yurtimizda koronavirusdan 196 nafar bemor sog`aydi
