1

BMT tavsiyalarini bajarishda Milliy ma`lumotlar bazasidan foydalanish yo`lga qo`yilmoqda

Siyosat 16.10.2020, 08:21
BMT tavsiyalarini bajarishda Milliy ma`lumotlar bazasidan foydalanish yo`lga qo`yilmoqda

Milliy ma`lumotlar bazasining BMT ustav va shartnoma organlari tavsiyalari bajarilishiga ko`maklashish borasidagi imkoniyatlari taqdimotiga bag`ishlangan onlayn forum tashkil etildi.

Taqdimot O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMTning Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Boshqarmasi hamda BMTTDning O`zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikdagi"Shartnomaviy organlar salohiyatini mustahkamlash dasturi" doirasida tashkil etildi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o`rinbosari, Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, BMT Taraqqiyot dasturining O`zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Boshqarmasining Inson huquqlari sohasidagi shartnomalar masalalari departamenti Qiynoqlarga qarshi kurash bo`limi boshlig`i Antti Korkeakivi, BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Rishard Komenda tadbir ishtirokchilarini qutladilar.

Bugungi kunda davlatlar inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarini bajarish bo`yicha tavsiyalarga amal qilish borasida xalqaro huquqni himoya qiluvchi mexanizmlar bilan tobora faol hamkorlik qilmoqda, dedi o`z chiqishida A.Saidov. Shu bilan birga, yangidan-yangi shartnomalar kuchga kirgani sari tavsiyalarning soni va salmog`i ham jadal ortib bormoqda. Bu, o`z navbatida, BMT ustav va shartnoma organlari tavsiyalari bajarilishini nazoratda ushlashni murakkab jarayonga aylantiradi.

Xususan, hozirgi vaqtda O`zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo`yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 6 ta asosiy shartnomaci va 4 ta fakultativ protokoliga qo`shilgan.

Ushbu xalqaro hujjatlarning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari bo`yicha kengashi va shartnomaviy qo`mitalariga 2008 yildan to bugungi kungacha 38 ta milliy va davriy ma`ruzalar taqdim etilgan. Mamlakatimiz ushbu ma`ruzalarning ko`rib chiqilishi yuzasidan BMT shartnomaviy organlaridan 1 ming 363 ta tavsiya va xulosalar olgan.

BMTning inson huquqlari bo`yicha mexanizmlari tavsiyalari ijrosi doirasida O`zbekiston 2018 yil dekabrida Ma`ruzalarni tayyorlash va keyingi bosqichdagi ishlar bo`yicha milliy mexanizmni ta`sis etdi. Bu borada Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markaziga muayyan vakolatlar berildi. 

 Shu asosda Milliy markaz BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi va BMTTD bilan hamkorlikda Tavsiyalar bajarilishini kuzatib borish milliy bazasini ishlab chiqdi hamda amaliyotga tatbiq etdi.

 Tavsiyalar bajarilishini kuzatib borish deganda, inson huquqlari bo`yicha tavsiyalarni jamlash, tartibga solish va tizimlashtirish, ijro uchun mas`ullikni taqsimlash, shuningdek yutuq va kamchiliklarni aniqlash hamda monitoring qilish tushuniladi. 

Bu jarayon, birinchi navbatda, mas`ul davlat organlariga tavsiyalar ijrosini muvofiqlashtirish va nazorat qilish imkonini beradi. Ushbu jarayonda ijro hokimiyati institutlari bilan bir qatorda, parlamentlar, sud organlari, inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy muassasalar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari ham ishtirok etadi.

 Hozirgi vaqtda Milliy ma`lumotlar bazasidan keng ko`lamda foydalanishni yo`lga qo`yish rejalashtirilmoqda. Bu bilan uning shaffofligi yanada ortadi, ayni yo`nalishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining ham salohiyati kuchayadi. 

Inson huquqlari bo`yicha 

O`zbekiston Respublikasi 

Milliy markazining

matbuot xizmati

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1