1

O`zbekistonlik yosh rejissyorlar DigiCon6 Asia-2020 xalqaro festivali saralash bosqichi g`olib bo`lishdi

Madaniyat 16.10.2020, 10:54
O`zbekistonlik yosh rejissyorlar DigiCon6 Asia-2020 xalqaro festivali saralash bosqichi g`olib bo`lishdi

"O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmatining xabar berishicha, O`zbekistonlik 4 nafar yosh rejissyorlar DigiCon6 Asia-2020  xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalining mintaqaviy saralash bosqichining g`oliblariga aylanishdi. 

Avvalroq  “O`zbekkino” Milliy agentligida Yaponiyaning DigiCon6 Asia-2020 xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida ishtirok etish uchun saralash bosqichi bo`lib o`tgani haqida xabar berilgan edi.  

Mazkur festivalning 22-ko`rigi Yaponiyaning Tokio shahrida noyabr oyida bo`lib o`tadi, unda “O`zbekkino” Milliy agentligida saralab olingan filmlar ishtirok etadi. Abror Samug`jonov “Qurt” filmi uchun, Saida`loxon Ma`sudxonov “Larisa” filmi uchun, Asadulla Abdullaev “Konsert” filmi uchun, Maftuna Ergasheva “Er qadri” filmi uchun maxsus diplomlar Yaponiyadan yuborildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1