1

Toshkentda rossiyalik kinorejissyor Artyom Mixalkovning "Mister nokaut" filmi suratga olinmoqda

Madaniyat 16.10.2020, 12:59
Toshkentda rossiyalik kinorejissyor Artyom Mixalkovning "Mister nokaut" filmi suratga olinmoqda

Toshkentda Mixalkovning "Mister nokaut" filmini suratga olish ishlari boshlandi. Filmda bosh rollardan birini Sergey Bezrukov ijro etadi

Rossiyalik rejissyor Artyom Mixalkov “Mister nokaut” nomli  sport dramasini suratga olish uchun O`zbekistonga tashrif buyurdi. Olimpiya chempioni Valeriy Popenchenko haqidagi filmning bosh rolini Viktor Xorinyak, uning murabbiyi Grigoriy Kusikyansning rolini Sergey Bezrukov ijro etadi.

Film Toshkent, Chirchiq, Yangiobod va Chorbog`da suratga olinadi. Hozirda filmda ishtirok etadigan o`zbek aktyorlarining kastingi davom etmoqda.

Artyom Mixalkov filmni suratga olish ishlari aynan bizning mamlakatimizda bo`lib o`tayotganidan behad mamnun ekanligini ta`kidladi. "O`zbekkino" Milliy agentligi "Mister nokaut" filmini suratga olish ishlariga yaqindan yordam bermoqda. Shu munosabat bilan Artyom Mixalkov "O`zbekkino"ga tashrif buyurdi. Rahbariyat bilan uchrashuv chog`ida  "Mister nokaut" kinoasarini yaratishga doir hamda keyingi hamkorlikdagi loyihalar to`g`risida fikrlar almashildi.

“Har galgi xizmat safarim davomida men o`zbek kino sohasining rivojlanish jarayonlarini diqqat bilan kuzatdim. Bu yil bir guruh iqtidorli yoshlar Butunrossiya kinematografiya davlat instituti (VGIK)da o`qishga otlanishgani quvonarli hol, chunki har doim etuk mutaxassislar kerak va bu har qanday kino ijodkorlari uchun birinchi raqamli masaladir. 

Biz professionallarga ishonishmiz va pirovardida professional yoshlarni tarbiyalashimiz kerak. "O`zbekkino" ga navbatdagi tashrifim davomida men “Yoshlar studiyasi”, “Kino muzeyi” bilan tanishdim. Men "O`zbekfilm" kinostudiyasi yangi binosining qurilishi jarayonlarini ilk bosqichlarida ham va hozir ham ko`rdim. Qisqa vaqt mobaynida asosiy bino qad rostlabdi. Shundan ko`rinib turibdiki, o`zbek kinosini rivojlantirishga doir juda ko`p samarali ishlar qilinmoqda. Davlat va xususan "O`zbekkino" tomonidan bugungi o`zbek kinematografiyasining taraqqiy etishiga katta e`tibor qaratilmoqda.

"Mister nokaut" filmi taniqli sovet bokschisi, 1964 yilda Tokioda bo`lib o`tgan Olimpiya o`yinlari g`olibi, ikki karra Evropa chempioni, SSSRning olti karra chempioni va Olimpiya o`yinlarining eng texnik bokschisiga beriladigan “Val Barker kubogi”ning yagona sohibi Valeriy Popenchenkoning taqdiri haqidagi biografik dramadir. 

Bo`lg`usi Olimpiya chempionining yoshlik davri urushdan keyingi yillarda Toshkentdagi Suvorov bilim yurtida o`tadi. Mashhur sportchining tarjimai holidagi aynan shu tafsilot filmni O`zbekistonda suratga olinishi uchun muhim omil bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1