AsosiyJinoyat
2160

Namanganda videotasvirlarni tarqatmaslik evaziga 100 AQSh dollari so`ragan shaxs aniqlandi

'Namanganda videotasvirlarni tarqatmaslik evaziga 100 AQSh dollari so`ragan shaxs aniqlandi'ning rasmi

Videotasvirlarni tarqatmaslik evaziga 100 AQSh dollari  Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

2020 yil 3 oktyabr kuni, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, xususiy tadbirkor, 1999 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, tanishi 2000 yilda tug`ilgan fuqaro uni bir fuqaro bilan urishganligi tasvirlangan videosi borligini, ushbu tasvirni “Telegram” ijtimoiy tarmog`ida tarqatib yuborishligini aytib, uni qo`rqitib, ushbu video tasvirni tarqatib yubormasligi evaziga 100 AQSh dollari so`rayotganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Mazkur ariza yuzasidan shu yil 3 oktyabr kuni tuman IIB JQB va TEQKB tezkor vakillari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Uchqo`rg`on tumani Ko`prikboshi mahallasi hududida joylashgan “Uchqo`rg`on dehqon bozori”da 2000 yilda tug`ilgan fuqaro arizachidan 100 AQSh dollarini tovlamachilik yo`li bilan olgan vaqtida ushlangan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 15 oktyabr kuni O`z.R JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar