Qirg`iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov o`z xohishi bilan iste`fo bergan sobiq prezident So`ronbay Jeenbekov haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda «Interfaks» xabar bergan, deb yozadi daryo.
«Qirg`iziston Respublikasi prezidentining faoliyati va sobiq prezident maqomining kafolatlari to`g`risida»gi qonunga muvofiq sobiq davlat rahbariga nisbatan qonunchilikda ko`zda tutilgan barcha me`yoriy kafolatlar ta`minlanadi.