UShbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva javob berdi:
🔸Koronavirus kasalligini engish uchun yaxshi ovqatlanishni tavsiya etamiz. Lekin bu degani baquvvat, yog`li, qovurilgan yoki qiyin hazm bo`ladigan ovqatlarni eyish degani emas.
🔸Sog`lom ovqat deganda biz engil hazm bo`ladigan, organizm uchun yoqimli, foydali moddalarga boy bo`lgan ovqatlarni iste`mol qilish talab etiladi.
🔸Hozirgi kunda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan sog`lom ovqatlanishning asosini meva va sabzavotlar tashkil qilishi tasdiqlangan.
🔸Shuning uchun kuchli va baquvvat deb hisoblagan ovqatlardan o`zingizni tiyganingiz va bermaganingiz ma`qul. Ularga dimlangan, engil hazm bo`ladigan, yaxshi termik ishlovga ega ozuqa mahsulotlarini bersangiz, oshqozonga zo`riqish tushmaydi va o`t dimlanishi ham engilroq kechadi.
🔸Kasallikni engib chiqishda kerakli mikroelement va ozuqalarga boy ovqatlardan olish mumkin. Buning uchun yog`li, qovurilgan va baquvvat ovqatlarni eyish shart emas.






