Qirg`izistonda muddatidan avvalgi prezidentlik saylovlari 2021 yilning 17 yanvarida o`tkazilishi mumkin. Bu haqda UzA yozmoqda.
Bu haqda mamlakat markaziy saylov komissiyasi rahbari Nurjan Shayldabekova parlamentning navbatdan tashqari yig`ilishida ma`lum qildi.
Ta`kidlash joizki, avvalroq mamlakat parlamentiga takroriy saylovlar 20 dekabrda bo`lishi aytilgandi. Markaziy saylov komissiyasi raisining so`zlariga ko`ra, yil yakuniga qadar ovozlar hisoblanib, qonunchilik organi shakllantirishiga ulgurish uchun mazkur sana tanlangan.