AsosiySalomatlik

Nima uchun semizlik tashxisi bor bemorlarda koronovirus og`ir kechmoqda?

'Nima uchun semizlik tashxisi bor bemorlarda koronovirus og`ir kechmoqda?'ning rasmi

Xabar berilganidek, bugun AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koroanvirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova aholidan kelgan muhim savollar yuzasidan javob qaytardi.

❓Nima uchun semizlik tashxisi bor bemorlarda koronovirus og`ir kechmoqda?  

➖To`qimalar va organlarda ortiqcha yog` borligi semizlik deyiladi. Bu dard sog`liqni saqlash sohasidagi eng jiddiy muammolardan biri bo`lib, uning zaminida yuzaga kelgan kasalliklardan har yili taxminan 2,5 million kishining bevaqt vafot etishiga sabab bo`ladi.  

Olimlarning ta`kidlashicha, tana vaznidan ortiqcha har 10 kilogram  insonning umr ko`rish muddatini 3 yilga qisqartiradi. Semizlikning bir necha turlari bor: birlamchi, gipotalamo va endokrin.  

Birlamchi semizlik tez-tez ortiqcha egulik eyish bilan va zarur jismoniy faoliyat yo`qligi bilan rivojlanadi. Gipatalomo semizlikda miyaning gormonlar ishlab chiqarishi buzilganda rivojlanadi. Endokrin  semizlikda organizmdagi bezlar buzilishi fonida shallanadi.  

Semizlik natijasida bir qator kasalliklar kelib chiqadi: qandli diabetning 2 turi, saraton, og`ir yurak qon tomir kasalliklari, tomirlarning varikoz kengayishi, qo`shma kasalliklar va boshqalar. Ushbu davrda organizmda modda almashinuvi buziladi.  

Semizlik tashxisi bor bemorlar  koronovirusga chalinsalar, ularning hamrox kasalliklari ham zo`rayadi va organizm kurashish qobiliyati susayadi. Ular bunday davrda barcha infeksiyalarni yuqtirishga moyil bo`lib qoladilar. Shuning uchun bunday kasallarda kasallik ko`pincha og`ir kechadi.  

    Boshqa yangiliklar