AsosiyDunyo

Xitoyda koronavirusning ikkinchi to`lqini ortidan amaldorlar ishdan ketmoqda

'Xitoyda koronavirusning ikkinchi to`lqini ortidan amaldorlar ishdan ketmoqda'ning rasmi

Xitoyda Sindao shahrining 11 millionlik aholisini koronavirusga ommaviy testdan o`tkazish yakunlandi. Juma kungi natijalarga ko`ra, 10,9 million natija manfiy chiqdi.

Hammasi koronavirus aniqlangan 2 nafar bort ishchisining kompyuter tomografiya tekshiruviga borishi bilan boshlangan. Virus yuqtirganlar tekshiruvdan o`tgan mahalliy shifoxona dezinfeksiya ishlarini ko`ngildagiday tashkil etmaganlikda ayblanmoqda.

Shundan so`ng erlik aholining 13 nafarida virus aniqlangach, shaharda ommaviy test olish ishlari boshlandi. Hozircha ulardan boshqa virusdan zararlanganlar aniqlanmagan.

Bloger Abdulla Abduqodirov o`z postida bu voqea ortidan Sindao sog`liqni saqlash komissiyasi direktori Suy Chjenxua va dezinfeksiya ishlarini yaxshi tashkil etmagan shifoxona direktor Den Kay ishdan bo`shatilgani haqida yozmoqda.

 
  

Boshqa yangiliklar