AsosiyDunyo

Tuyaqush zebra bo`lishga qaror qildi va o`z oilasini tark etdi

'Tuyaqush zebra bo`lishga qaror qildi va o`z oilasini tark etdi'ning rasmi

Britaniyaning Uilshiredagi safari-bog`ida ajoyib voqea yuz berdi. U erda mahalliy Blyu ismli tuyaqushlardan biri negadir zebra bo`lishga qaror qildi.

Bu haqda ekolog.uz Esquire nashriga tayanib xabar bermoqda. Blyu o`zining sherigi Steysi bilan birga tuxum qo`ymaslikni afzal bilib, 12 ta zebradan iborat poda bilan muntazam ravishda o`ynay boshladi. 

Tuyaqush o`zining bunday g`ayrioddiy xatti-harakati bilan bog`dagi naslchilik tizimini xavf ostiga qo`ymoqda, chunki u otalik vazifasiga qaytishga harakat ham qilgani yo`q. Ma`lumotlarga ko`ra, Blyu mavjudot inqiroziga uchragan va shunchaki zebra bo`lishni istaydi.

“U tuyaqush bo`lishga qiziqmaydi. Bu endi unga tegishli emas“, − deydi bog` xodimlari.

Xabar berilishicha, Blyuni bog`dan ko`chirishga to`g`ri kelmoqda, chunki uning o`rnini tuxum qo`ygandan so`ng boshini qumga ko`mib olmaydigan yanada mas`uliyatli tuyaqush egallashi kerak.

Boshqa yangiliklar