Parij yaqinidagi Konflan-Sent-Onorin komunnasida 18 yashar mahalliy yashovchilardan biri ko`chada tarix fani professori Bua-d'Oln Semyuel P.ni boshini tanasidan judo qildi. Ma`lum bo`lishicha, o`qituvchi so`z erkinligi bo`yicha muhokamalar vaqtida sinfda Charlie Hebdo jurnalida e`lon qilingan payg`ambar Muhammad (s.a.v)ni tahqirlovchi karikaturalarni namoyish qilgani uchun undan shu tarzda qasos olingan. Hodisa 16 oktyabr kuni kunduzi ro`y bergan. Xabarlarga ko`ra, maktab o`quvchilarining birining otasi o`qituvchiga ko`chada oshxona pichog`i bilan hamla qilgan. OAVlarda keltirilishicha, qotil asli moskvalik bo`lgani taxmin qilinmoqda. Bu ma`lumot hozircha o`zining rasman tasdig`ini topmagan. Rossiya elchixonasi gumonlanayotgan shaxs bo`yicha ma`lumotlarga ega bo`lish uchun fransuz hukumatiga rasmiy murojaat yuborgan. Qotillikda gumonlangan shaxs polisiya xodimlari tomonidan qo`shni Erani komunnasida otib tashlangan. Qotillik ishi tergoviga prokuraturaning aksilterror bo`limi ham jalb qilingan. RIA Novosti xabariga ko`ra, hozirda o`qituvchining o`ldirilishi munosabati bilan olib borilayotgan tergov ishlari doirasida to`rt shaxs hibsga olingan. Ular o`qituvchini o`ldirgan qotilning yaqin tanishlari ekanligi aytilmoqda. Qotillik yuz bergan komunnaga qator vazirlar hamrohligida etib kelgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yuz bergan hodisani terakt, deya atagan. | |
17.10.2020 18:14
Parijda o`qituvchi boshidan judo qilindi. Charlie Hebdo karikaturalari uchun shu tarzda qasos oldi!
