AsosiySalomatlik

Koronovirusdan uyda davolanishda neybulayzer orqali dori bersa bo`ladimi?

'Koronovirusdan uyda davolanishda neybulayzer orqali dori bersa bo`ladimi?'ning rasmi

Neybulayzer — suyuq dorini solish yo`li bilan dorini juda mayda zarrachalarga bo`lib, o`pka to`qimasining eng chuquriga etkazib beruvchi samarali tibbiy moslama. 

Shtab a`zosi Barno Abdusamatovaning ta`kidlashicha, neybulayzer nafas olish tizimi va o`pkaning surunkali kasalliklarida, respirator, mukovissidoz, bronxial astma kasalliklarida qo`llanilladi.

Surunkali kasalliklari bor bemorlarga kasallik xuruji paytida uy sharoitida ingalyasiyani yoki nebulayzerdan foydalanishni tavsiya etishimiz mumkin.

Lekin koronovirus kasalligida neybulayzer qo`llanilishi TAVSIYa ETILMAYDI!

Chunki bunda dorini mayda zarrachalarga bo`lib berilishi bilan virus va dorilar hajmi bir xil bo`lib qoladi hamda viruslarni ushbu yo`l bilan o`pka to`qimasiga dori bilan birga yana ham chuqurroq kirishiga yo`l ochib beramiz.

Ikkinchidan uyda davolanayotgan davrda virusni bug`simon tarqalish yo`li bilan atrofga tarqalishini tezlashtirishimiz va ko`payishiga yo`l ochib berishimiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar