AsosiyDunyo

Armaniston va Ozarbayjon urushni vaqtincha to`xtatishga kelishib oldi

'Armaniston va Ozarbayjon urushni vaqtincha to`xtatishga kelishib oldi'ning rasmi

17 oktyabr kuni Armaniston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirlari “gumanitar sulh” tuzishga kelishib oldilar. Unga ko`ra, yakshanba kunidan boshlab ikki mamlakat o`t ochishni vaqtincha to`xtatdilar.

Armaniston va Ozarbayjon o`rtasida Tog`li Qorabog` hududi sabab yuzaga kelgan harbiy to`qnashuvlar deyarli uch haftadan beri davom etib kelmoqda. Shanba kuni tuzilgan vaqtinchalik sulh mazkur urushni to`xtatishga bo`lgan ikkinchi urinishdir. Bundan oldin ham Armaniston va Ozarbayjon vakillari Moskvada uchrashib, o`t ochishni to`xtatishga kelishgandilar. Lekin, tomonlar unga amal qilmadilar va urush davom etaverdi.

«Armaniston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi gumanitar sulhga kelishib oldilar. U mahalliy vaqt bilan 18 oktyabr, soat 00: 00 dan boshlab kuchga kiradi” deya xabar berdi Armaniston tashqi ishlar vazirligi shanba kuni kechqurun.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri ham bayonot berib, ushbu ma`lumotlarni tasdiqlagan.

    Boshqa yangiliklar