17 oktyabr kuni soat 21:45da Mirzaobod tumani, "M.Ulug`bek" MFY hududida "Guliston-Yangier" yo`nalishida Boyovut tumani, "Anorzor" MFYda yashovchi 27 yoshli A.T. "Kaptiva" avtomashinasini boshqarib borib yo`nalishiga belgilangan tartibda to`liq qayrilib olgan fuqaro Bekobod shahrida yashovchi 28 yoshli M.E. boshqaruvida bo`lgan Shirin shahar “Shaxzod Avazbek Servis” MChJ ga tegishli "Nowo" "sementovozi"ning orqa qismiga urilib, YTH sodir etgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada "Kaptiva" avtomashinasi haydovchisi 27 yoshli A.S. va 24 yoshli yo`lovchisi Sh.X. “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat eyishi, qo`shma jarohat” tashxisi bilan Shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish Respublika ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Mirzaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






