"Microsoft" asoschisi Bill Geyts dunyoning eng badavlat odamlaridan biri. U pandemiya tarqalgandan beri bu o`latni bartaraf etish haqida qayg`urib keladi. Jumladan, Geyts koronavirusga davo bo`luvchi muqarrar vaksina uchun mablag` ajratishga ham tayyor. Bu haqda Platforma yozmoqda.
U kuz kelib, infeksiyalar mavsumi boshlangach, kuzda vaziyat yozdagidan ham yomon bo`lishini bashorat qildi. "Microsoft" asoschisining so`zlariga ko`ra, kasallanish ko`rsatkichlari hozirdanoq o`sib bormoqda, sovuq kunlar boshlanishi bilan odamlar vaqtini yopiq xonalarda o`tkazishadi, bu holat kasallanish soni ortishiga olib kelishi aniq.
Zarnevs saytining yozishicha, dunyoning eng boy kishisi vaksina paydo bo`lguniga qadar odamlarda virusga qarshi kurash olib borishning yagona yo`li borligini va bu yo`l o`z xatti-harakatlarini nazorat qilish ekanligini ta`kidladi.
Eslatib o`tamiz, bir muddat oldin, Bill Geyts koronavirus pandemiyasi kamida 2022 yilga qadar davom etishi haqida aytgan edi.