AsosiySport

Sahob Jo`raev: “Buxoro” bilan shartnoma imzolaganimcha yo`q”

“Bunyodkor”, “Olmaliq”, “Lokomotiv” singari klublarda to`p surgan himoyachi Sahob Jo`raev endilikda “Buxoro” yig`inida ishtirok etmoqda.

Xo`sh, Jo`raev faoliyatini shu klubda davom ettiradimi? Bunga futbolchi o`z fikri bilan javob qaytardi.

- Hali “Buxoro” bilan shartnoma imzolaganimcha yo`q. Mashg`ulotlarda yugurib turibman. “Olmaliq”dan ketishimni ochig`i bilmayman. Albatta, murabbiylar biladi. Tarkibda kimlar qolish yoki qolmasligi ularning ixtiyorlarida. Faoliyatimni ushbu jamoada davom ettirishim ham mumkin, - deydi Jo`raev Darakchi.uz’ga bergan intervyusida.

 

 

    Boshqa yangiliklar