AsosiyDunyo

Norvegiyada koronavirusning o`zgacha shtammi aniqlandi

'Norvegiyada koronavirusning o`zgacha shtammi aniqlandi'ning rasmi

Norvegiyada shifokorlar SARS-SoV-2 koronavirusining yangi turini aniqlashdi. Bu haqda NRK xabariga tayanib Qalampir ma`lum qildi.  

Shifokorlar Tronxeym shahrida mutasiyani aniqlashgan. Tuve kommunasining bosh shifokori Rosstadning aytishicha, koronavirus tarqalishi tezlashgach, virus mutasiyaga uchragan degan xulosaga kelingan. 

"Biz bu virus qaerdan kelib chiqqanini bilmaymiz. Hozirgacha Norvegiyada virusning bunday variantlari bo`lmagan. Keyin Xalqaro ma`lumotlar bazalarida qidiruv olib borildi. Lekin u erda ham xilma-xillik haqida ma`lumot topilmadi", degan mutaxassis.

Ma`lumotlarga ko`ra, shu paytgacha koronavirusning 7 xil turi aniqlangan. 

Jumladan, HCoV-229E, HCoV-NL63, HCoV-OC43, HCoV-HKU, SARS-CoV, MERS-CoV, SARS-CoV-2.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Norvegiyada 16 ming 539 kishi koronavirus yuqtirib olgan. 11 ming 863 kishi sog`ayib ketgan. 278 kishi esa virus qurboni bo`lgani aytilmoqda. 

Dunyo statistikasiga qaraganda, koronavirusga chalinganlar soni 40 milliondan oshgan. 27,6 million bemor sog`aygan. 1,12 milliondan ko`p kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar