Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida koronavirus bilan kasallanish statistikasida antirekord qayd etilmoqda.
JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus ta`kidlashicha, qish yaqinlashganda COVID-19 bilan kasallanish holatlari soni shimoliy yarim sharda, ayniqsa Evropa va Shimoliy Amerikada ortib boradi. Keyingi bir necha oyda juda qiyin bo`ladi.
Tedros Gebreyesus shuningdek, pandemiyaga qarshi kurashda tashkilot homiyligida xalqaro hamjihatlikni kuchaytirishga qaratilgan #WeAreFamily (Biz – bir oilamiz) kampaniyasi boshlanganini e`lon qildi.






